O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Fransiya klubini yirik hisobda taslim qildi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2024, 00:50
Olimpiadada ishtirok etish uchun Fransiyaga uchib ketgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida ishtirok etdi.

Fransiyaning to'rtinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Reysing Grass"ga qarshi bahs 5:0 hisobida o'zbekistonlik futbolchilar g'alabasi bilan yakun topdi. Gollarni Oston O'runov, Umarali Rahmonaliev, Muhammadqodir Hamraliev hamda Alisher Odilovlar (dubl) urishdi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu bahsdagi tarkib haqida ma'lumot bermadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz