O'zbekiston MTJning Toshkentdagi yig'iniga kimlar chaqiruv oldi?

Alisher
28 iyul 2020, 16:08
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o'tkazadi.

→ 30 iyul kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshlaydi 

Ushbu bahslarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida, 3 avgustdan 10 avgustga qadar milliy terma jamoamiz ishtirokida Toshkentdagi Bunyodkor stadionida o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tadi.

Yig'indan avval terma jamoa to'liq tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg'ulotlar yopiq tarzda o'tkaziladi.

Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati:


Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Paxtakor"), Aleksandr Lobanov ("Metallurg"), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Mashhur Muhammadjonov ("Nasaf")

Himoyachilar: Egor Krimec ("Paxtakor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sharof Muhitdinov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Dilshodbek Ahmadaliev ("Bunyodkor"), Akramjon Komilov ("Paxtakor"), Husniddin G'ofurov ("Surxon")

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Doston Hamdamov ("Paxtakor"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor"), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkro"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Javohir Siddiqov ("Paxtakor"), Islom Kenjaboev ("Nasaf")

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor"), Bobur Abduholiqov ("Nasaf"), Shahzod Ubaydullaev ("Metallurg")

Murabbiylar shtabi:

Vadim Abramov - bosh murabbiy

Timur Kapadze - murabbiy

Server Jeparov - murabbiy

Denis Ivankov - darvozabonlar bo'yicha murabbiy

Abror Pirriev - shifokor

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz