

OFK mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida ma'lum qildi.
Qatar - O'zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam - Kim Jong Xeok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyun Yong va Jang Jong Pil yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam - Chae Sang Heop. VARda esa Kim Hi Gon faoliyat olib boradi.
Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.
KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o'yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam - Ahmad Al Ali, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam - Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.
KXDR - O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.




