O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
29 okt 2024, 12:03
O'zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi.

OFK mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida ma'lum qildi.

Qatar - O'zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam - Kim Jong Xeok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyun Yong va Jang Jong Pil yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam - Chae Sang Heop. VARda esa Kim Hi Gon faoliyat olib boradi.

Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o'yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam - Ahmad Al Ali, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam - Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.

KXDR - O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати