

"Men uchun Kannavaro qanday murabbiy ekanligini aytish qiyin, chunki men uning ishini kuzatib bormayman va muvaffaqiyatlari haqida bilmayman. Lekin haqiqat shundaki, u juda yaxshi va kuchli futbolchi edi. Nima bo'lganda ham Fabio O'zbekiston terma jamoasiga ko'p narsa keltira oladigan inson. Menimcha, bu - O'zbekiston milliy jamoasi uchun juda muhim kelishuv. Murabbiy o'zgarishiga qandaydir sabablar bo'lsa kerak", - deb fikr bildirgan Kechinov.
Ma'lumot uchun, Kechinov O'zbekiston MTJ safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.


