O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

Narzulla Saydullayev
17 avg 2015, 16:17
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o'yinlar uchun 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Tarkibga milliy terma jamoa safida 83ta o'yin o'tkazgan Aleksandr Geynrixning mamlakatning asosiy jamoasi safiga yana chaqiruv olgani e'tiborga molik. Shu bilan birga Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqovning ham chaqirilgani jamoa hujum chizig'idagi raqobatni kuchaytirishiga xizmat qiladi.

Samvel Babayan terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlanganidan keyin tashkil etilgan iyul oyidagi yig'indan farqli o'laroq, bu safar xorijda faoliyat olib borayotgan futbolchilar ham jalb etilgan. Shuningdek, avvalgi yig'inda ishtirok etmagan futbolchilardan Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov va Sanjar Shoahmedov ham ushbu ro'yxatdan o'rin olgan.

Ikki muhim o'yin oldidan o'tkaziladigan yig'inga chaqirilganlar orasida milliy terma jamoa tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi - Server Jeparovdir. U shu kunga qadar mamlkat bosh jamoasi safida 107 bor maydoga tushib, 23 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan. O'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda Ignatiy Nesterov. U milliy terma jamoa darvozasini 91 o'yinda qo'riqlagan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionatining qo'shma saralash bosqichi doirasida 3 sentyabr kuni Toshkentda Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvdan besh kun o'tib, Samvel Babayan shogirdlari safarda Filippin terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu ikki o'yinga tayyorgarlikni terma jamoa 27 avgustdan boshlaydi.

Darvozabonlar

#              
Ism-sharifi                  
Tug'ilgan sana           
Klubi              
MTJdagi o'yin             

va gollari                

1Aleksandr Lobanov   
04.01.1986                 
“Paxtakor”        
0/0
2Ignatiy Nesterov20.06.1983“Lokomotiv”                         
92/-100
3Eldor Suyunov12.04.1991“Nasaf”11/-4

Himoyachilar

#             
Ism-sharifi            
Tug'ilgan sana            
KlubiMTJdagi o'yin          

va gollari             

4Aleksandr Merzlyakov    
30.10.1986“Paxtakor”4/0
5Davron Xoshimov24.11.1992“Paxtakor”4/0
6Egor Krimec27.01.1992“Paxtakor”9/2
7Anzur Ismoilov21.04.1985“Changchun Yatay” (Xitoy)        
68/1
8Islom To'xtaxo'jaev30.10.1989“Lokomotiv”41/1
9Sherzod A'zamov14.01.1990“Nasaf”0/0
10Shavkat Mullajonov19.01.1986“Lokomotiv”39/0
11Vitaliy Denisov23.02.1987“Lokomotiv” (Rossiya)57/1
12Farrux Sayfiev17.01.1991“Nasaf”13/0

Yarim himoyachilar

#             
Ism-sharifiTug'ilgan sana           
KlubiMTJdagi o'yin

va gollari       

13Odiljon Hamrobekov    
13.02.1996“Nasaf”0/0
14Shuxrat Muhammadiev24.06.1989“Nasaf”12/0
15Odil Ahmedov25.11.1987“Krasnodar” (Rossiya)70/12
16Server Jeparov03.10.1982“Ulsan” (Janubiy Koreya)107/23
17Azizbek Haydarov08.07.1985“Ash-Shabob” (S. Arabistoni)  
69/0
18Vladimir Kozak12.03.1993“Paxtakor”4/0
19Fozil Musaev02.01.1989“Sepahon” (Eron)20/0
20Sardor Rashidov14.06.1991“Al-Jaish”24/7
21Sanjar Tursunov29.12.1987“Vorskala” (Ukraina)47/5
22Stanislav Andreev06.05.1988“Paxtakor”28/1
23Javohir Sohibov01.03.1995“Paxtakor”0/0
24Jasur Hasanov02.08.1983“Lokomotiv”42/2
25Sanjar Shoahmedov23.09.1990“Lokomotiv”1/0

Hujumchilar

#             
Ism-sharifiTug'ilgan sana          
Klubi               
MTJdagi o'yin

va gollari

26Ilhom Shomurodov28.03.1984“Nasaf”0/0
27Aleksandr Geynrix06.10.1984“Ordabasi”                         
83/28
28Temurxo'ja Abduholiqov  
25.09.1991“Lokomotiv”1/0
29Igor Sergeev30.04.1993“Paxtakor”19/6
30Eldor Shomurodov29.06.1995“Bunyodkor”0/0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com