
O'quv kurslarini OFK instruktori Islom Ahmedov olib bordi. Unga O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol bo'limi boshlig'i Shavkat Imomov yordam berib bordi.
Mashg'ulotlarda 23 nafar “V” licenziyasini qo'lga kiritishga nomzodlar ishtirok etdi. Shuni ham alohida takidlash kerakki, ushbu o'quv kurslarida O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchilari Anvar Soliev, Viktor Karpenko, Asror Aliqulov, Hayrulla Karimov hamda Anvar G'ofurov ishtirok etdi va ushbu licenziyani qo'lga kiritdi.
