O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'zgarish

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 20-31 yanvar kunlari Qatarda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.

"Paxtakor" futbolchisi Doniyor Abdumannopov jarohati sababli ushbu yig'inlarda qatnasha olmaydigan bo'ldi. Uning o'rnini "Navbahor"dan Ruslanbek Jiyanov egallaydi.

O'zbekiston termasining Iordaniyaga qarshi o'yini 27 yanvar kuni soat Toshkent vaqti bilan 22:00da "Abdulloh bin Halifa" stadionida bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати