

Bugundan e'tiboran Serchko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlarga tayyorgarlikni boshladi. Bugungi kungi mashg'ulotlarda kecha Superligada maydonga tushgan futbolchilar, legionerlardan Igor Sergeev, Xojimat Erkinov qatnashdi.
Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish yuz berganini aytish mumkin. Bo'lajak uchrashuvga chaqirilgan "Paxtakor" futbolchisi Xojiakbar Alijonov jarrohlik amaliyoti sabab yig'inda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi. Uning o'rniga "Olimpik"dan Saidazamat Mirsaidov taklif qilindi. Murabbiylar shtabi bugun asosiy e'tiborni tiklanish mashqlariga qaratishdi.
FOTO: Tolibjon Qosimov











Qolgan suratlarni saytimizning galereya bo'limida tomosha qilishingiz mumkin



