O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi. Tarkibda o'zgarish bor

Iskandarov Abdulaziz
13 noya 2022, 19:52
Kecha Coca Cola Superligada so'nggi tur uchrashuvlari yakunlandi.

Bugundan e'tiboran Serchko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlarga tayyorgarlikni boshladi. Bugungi kungi mashg'ulotlarda kecha Superligada maydonga tushgan futbolchilar, legionerlardan Igor Sergeev, Xojimat Erkinov qatnashdi. 

Terma jamoamiz tarkibida o'zgarish yuz berganini aytish mumkin. Bo'lajak uchrashuvga chaqirilgan "Paxtakor" futbolchisi Xojiakbar Alijonov jarrohlik amaliyoti sabab yig'inda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi. Uning o'rniga "Olimpik"dan Saidazamat Mirsaidov taklif qilindi. Murabbiylar shtabi bugun asosiy e'tiborni tiklanish mashqlariga qaratishdi.

FOTO: Tolibjon Qosimov


Qolgan suratlarni saytimizning galereya bo'limida tomosha qilishingiz mumkin

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia