

Terma jamoamiz JCH-2018 saralash bosqichidagi so'nggi ikkita o'yinini o'tkazish uchun 20 avgust kuni Toshkentda yig'iladi. Yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar nomi 20 avgustga yaqin ma'lum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi maydonga tushsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi.



