

3 sentyabr kuni O'zbekiston Kubogi chorak finali doirasida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi va shu tariqa yarim finalning barcha ishtirokchilari nomi aniq bo'ladi.
Shundan kelib chiqib, kubokning yarim finaliga aynan 3 sentyabr kuni qur'a tashlanadi. Jarayon 21:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Eslatib o'tamiz, chorak finalda "Dinamo" "Olimpik" bilan, "Turon" "Nasaf" bilan bahs yuritadi. OKMK "Xorazm" bilan kuch sinashsa, "Navbahor" "Surxon"ni sinovdan o'tkazadi.



