O'zbekiston kubogi. “Sevinch” ikkinchi finalchi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019
Bugun ayollar futbolchi bo'yicha XVIII O'zbekiston kubogining ikkinchi yarim final o'yini bo'lib o'tdi.

Qarshining “Sevinch” klubi o'z maydonida Toshkentning “Lokomotiv-W” jamoasini qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritdi.

Shu tariqa, qarshiliklar O'zbekiston kubogi finaliga yo'l olishdi. Vladislav Xan shogirdlari hal qiluchi bahsda Toshkentning “Bunyodkor-W” klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston kubogi / Yarim final

SEVINCH – LOKOMOTIV-W 4:0
Qarshi. “Geolog” stadioni. 63 tomoshabin
Hakamlar
: Kristina Borisova, Kristina Sereda, Aleksandra Konchikova, Marjona Rahmatqulova
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Yuliya Panina
Gollar: Maftuna Panjieva, 4 (1:0), Maftuna Shoimova, 66 penaltidan (2:0), Malika Burxonova, 82 (3:0), Shahnoza Qurbonova, 90+2 (4:0)
“Sevinch”: Angelina Polushkevich, O'g'iloy Qo'chqorova, Maftuna Shoimova, Rushaniya Safina, Shahnoza Qurbonova, Tanzila Zarbieva, Sevara Normurodova (Gulzoda Amirova, 72), Maftuna Panjieva (Laylo Tilovova, 88), Shodiya Tosheva (Alisa Zaxarenko, 70), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova.
“Lokomotiv-W”: Kamila Yumangulova, Elvina Kamolieva, Zebiniso Halimova, Dildora Ergasheva, Jesika Kruchinina, Nodira Iskandarova, Kamola Berdieva, Omadxon Sultonova, Jasmina Abdug'anieva (So'g'diyona Allamuradova, 75), Oysara Suyunova, Laylo Tosheva (Mahliyo G'afforova, 85).
Ogohlantirish: Laylo Tosheva, 85.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia