O'zbekiston kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2020
Bugun Coca Cola O'zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Saralash bosqichida Pro liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Qur'a sakkiz jamoani to'rt juftlikka ajratib berdi. 

23 iyun
"Oq-tepa" - "Zomin"
"Neftchi" - "Xorazm"
"Turon" - "Sho'rtan"
"Istiqlol" - "Dinamo"

Ushbu 4ta o'yinda g'olib bo'lgan to'rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G'oliblar Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia