O'zbekiston futzal terma jamoasining Osiyo kubogi saralashi oldidan o'tkazadigan yig'iniga jalb etilgan futzalchilar nomi e'lon qilindi

Administrator
11 sen 2023, 00:50
11-sentyabr kuni O'zbekiston futzal terma jamoasining Toshkent shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'ini start oladi.

Ushbu yig'in 2024-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. O'zbekiston terma jamoasi joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Farg'ona shahrida Osiyo kubogiga saralash bosqichi doirasida Iroq, Kombodja va Malayziyaga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Quyida sentyabr oyidagi yig'inlarga jalb etilgan tarkib bilan tanishing:

Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov

Darvozabonlar: Ravshan Eliboev, Abbos Elmurodov, Akmal Xazratqulov, Doniyor Umarov

O'yinchilar: Ixtiyor Ropiev, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron Choriev, Xushnur Erkinov, Elbek To'lqinov, Sunnat Jo'raev, Mashrab Adilov, Abdulla Solihov, Jamshid Rahmatullaev, Abror Ahmetziyanov, Fayzullo Botirov, Muzaffar Abdukarimov, Anasxon Rahmatov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Xayrulla Solihov, Shahram Faxriddinov

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz