O'zbekiston Coca-Cola kubogi nimchorak finalini kimlar o'tkazib yuboradi?

Оқил Абдубарноев
21 avg 2022, 13:42
O'zbekiston Coca-Cola kubogi 1/8 final bosqichini o'tkazib yuboradigan futbolchi va rasmiylar ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, mazkur bosqichda "Bunyodkor"dan Avazbek O'lmasaliev, "Olimpik"dan Sunnatullo Hamidjonov, "Surxon"dan Jasur To'xtasinov, "Metallurg"dan Ravshan Xayrullaev hamda AGMK futbolchisi Sarvar Ablaev maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, "Dinamo" murabbiylar shtabi vakili hamda "Mashal" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfl.uz