⚡️ O'zbekiston Coca Cola Kubogi. BUGUN FINAL!

Eldor Akmurzayev
30 okt 2022, 08:15
Bugun, 30 oktyabr kuni Buxoroda Coca Cola Kubogining hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tadi.

Unda “Navbahor” hamda “Nasaf” titul uchun kurash olib boradi. Final uchrashuvi 17:00 da "Buxoro" sport majmuasida boshlanadi. Namanganliklar “ko'k”, qarshiliklar esa “qizil” rangli liboslarda harakat qilishadi. Mazkur to'qnashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” 2015 hamda 2021 yillarda kubok sohibiga aylangan va 5 marta (2003, 2011, 2012, 2013, 2016) finalda yutqazgan. “Navbahor” hisobida esa 3 ta chempionlik tituli (1992, 1995, 1998) bor va ular faqat bir marta (1993) finalda omadsizlikka uchragan.

O'zbekiston Coca Cola Kubogi. Final

30 oktyabr, yakshanba

"Navbahor" – "Nasaf" 17:00

Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin Shodmonov, Obid Jumaev, Temurbek To'xtasinov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Rahimbek Karimov

AVAR: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchisi: Timur Abdullaev

Komissar: Bekzod Aripov

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia