

"Biz g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuviga ikkita eng kuchli jamoa yetib keldi. Men gol urib, g'alabaga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Umuman olganda, kubok bahsida g'olib bo'lish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", – dedi qarshiliklarning braziliyalik legioneri.
Eslatib o'tamiz, turnirning hal qiluvchi uchrashuvi 30 oktyabr kuni soat 17:00 da start oladi.



