O'zbekiston Coca-Cola Kubogi-2021 finali qaysi stadionda o'tishi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
18 mar 2021, 21:55
Joriy yilgi O'zbekiston Coca-Cola Kubogining hal qiluvchi bahsiga mezbonlik qiladigan stadion nomi qur'a tashlash marosimi orqali aniqlandi.

11 ta jamoa final uchrashuvini o'tkazish uchun ariza bergandi - "Dinamo", "AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Surxon", "Nasaf", "Sho'rtan", "Qizilqum", "Turon" va "Navbahor". 

Biroq, “Surxon" va "Sho'rtan"ning uy stadioni reglament talablariga javob bermagani uchun ro'yxatdan tushib qoldi.

Qur'a natijasida 2021 yilgi kubok finaliga "Dinamo" stadioni mezbonlik qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda O'zbekiston Superkubogi uchun bahs ham aynan Samarqandda o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia