O'zbekiston Chempionati-2017 va Kubogi bahslari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2017, 15:10
O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati 2017 yilgi O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshlanganini e'lon qiladi.

2017 yilgi O'zbekiston Chempionati bahslari 4 mart kuni start oladi.

O'zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2017 yilning 2-15 fevral sanalari oralig'ida akkreditatsiya zayavkasini O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytiningHujjatlarbo'limidagiAkkreditatsiyadan o'tkazish tartibifaylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz