

Bu haqda Qirg'iziston futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qirg'iziston bosh-vaziri Sapar Isakovning bunday qaror qabul qilishiga Myanmadagi og'ir vaziyat, xavfsizlikni taminlash va dinlararo dushmanlik tufayli tartibsizliklar kelib chiqishini oldini olish sabab bo'lgan.
"Huquqni muhofaza qilish organlaridan tushgan ma'lumot tufayli, bahsni bekor qildim. Vaziyat nazorat ostida" - deydi Sapar Isakov.
Qirg'iziston va Myanma terma jamoalari o'rtasidagi bahs 5 sentyabr kuni Dolon Omurzakov nomidagi stadionda, mahalliy vaqt bilan 20:00da boshlanishi kerak edi.
Qirg'iziston futbol federatsiyasining ma'lum qilishicha, futbol din, siyosat va zo'ravonlikdan tashqarida.
Oldinroq, Qirg'iziston terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi. Bahs yopiq eshiklar ortida o'tgandi.



