O'zbek klubi OFK kubogi guruh bosqichini Tojikistonda o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
24 fev 2022, 09:00
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2022 yilgi OFK kubogi o'yinlarining qachon va qayerda o'tkazilishini ma'lum qildi.

Markazlashgan holda o'tkaziladigan bahslar G'arbiy va Janubiy zonalarda 18-24 may, ACEAN, Markaziy va Sharqiy zonalarda 24-30 iyun kunlari tashkil etiladi. 

O'zbek klubi o'rin oladigan E guruhida bahslarga Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qiladi. 

Ushbu bahslarda yurtimiz sharafini "Nasaf" yoki "So'g'diyona" himoya qiladi. Guruhdan shuningdek "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Neftchi" (Qirg'iziston) va mezbon debyutant SSKA o'rin oladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia