"O'zbek Badjosi" futbol akademiyasida ish boshladi

Xayrulla Xoliqov
8 avg 2018, 16:33
Oliy liga va birinchi liganing bir nechta klubida to'p surgan “O'zbek Badjosi” nomi bilan futbol ishqibozlariga yaxshi tanish Konstantin Boev Qashqadaryo bolalar va o'smirlar futbol akademiyasida ish boshladi.

2017 yil butsalarini mixga ilib murabbiylik faoliyatini boshlagan sobiq yarim himoyachining Qashqadaryo bolalar va o'smirlar futbol klubi akademiyasida tahsil oladigan bolalarga millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rgatmoqchi. Bu haqda uning o'zi bizga ma'lum qildi. Biz sobiq futbolchining murabbiylik faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Faxriddin Choriev.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia