

Bu haqda Fayzullaev TASS agentligiga ma'lum qildi.
4 avgust kuni SSKA "Paxtakor" klubidan Abbosbek Fayzullaev transfer qilinganini e'lon qildi. Avgust oyi oxirida qozog'istonlik yarim himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga yo'l oldi. 25 avgust kuni SSKA Rossiya Premer-ligasi (RPL) 6-turida safarda "Orenburg" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Fayzullaev 80-daqiqada hujumchi Fyodor Chalovni almashtirdi.
"Orenburg" bilan qiziqarli o'yin bo'ldi, hamma uch ochko olish uchun oxirigacha kurashdi, hamma borini berdi", – dedi Fayzullaev.
SSKA doimo g'alaba qozonishni xohlaydigan jamoa. Moslashuv jarayoni juda yaxshi ketmoqda, ularga rahmat. Baxa (Baxtiyor Zaynutdinov – tahr.) ham menga katta yordam berdi, unga rahmat aytaman. Unga Turkiyada omad tilayman".
Baxa meni jamoadagi yigitlar, klub, qarorgoh bilan tanashtirib chiqdi. SSKA menga U-20 Osiyo Kubogidan so'ng qiziqish bildirganini bildim, lekin birinchi davra yakunlanishini kutdim. O'ylaymanki, keyingi qadamni tashlash va o'z darajamni oshirish vaqti kelgandi", – dedi Fayzullaev.
SSKA RPL musobaqa jadvalida 10 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda 3 sentyabr kuni Peterburgning “Zenit” jamoasini qabul qiladi.



