Otaqo'ziev va Chilmatov "Neftchi"ga qaytishlari mumkin

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2013, 21:30
"Guliston" klubining ikki tajribali futbolchisi ikkinchi davrani "Neftchi"da o'tkazishlari mumkin.
Gap Nosir Otaqo'ziev va Hislat Chilmatov haqida bormoqda. Bu ikkala futbolchi ham o'z vaqtida Farg'ona klubi sharafini himoya qilishgan.

Bu yilgi mavsumda Otaqo'ziev (fotoda sariq libosda) oliy ligada 12ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi. E'tiborlisi gollardan birini Farg'onada "Neftchi" darvozasiga urgan.

Hislat Chilmatov esa 4ta o'yinda maydonga tushib o'z darvozasidan 5ta to'p olib chiqdi.

"Guliston" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov davralar oralig'ida bir qator yetakchilar boshqa klublarga o'tib ketishlari haqida aytib o'tgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia