Elit OCHL. "Nasaf" o'z maydonida Hamrobekov to'p tepayotgan "Traktor"ga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
24 noya 2025
Elit OCHL 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Traktor" uchrashuvi yakunlandi.

Elit OCHL. 5-tur

"Nasaf" – "Traktor" 0:1

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:45 

Bosh hakam: Muhammad Nazmi Nasaruddin (Malayziya)

Yordamchi hakamlar: Muhamad Zairul, Mohd Arif Shamil (ikkalasi – Malayziya)

To'rtinchi rasmiy: Mederbey Taychiev (Qirg'iz Respublikasi)

VAR: Ahmad Eysa Muhammad Darvish (BAA)

AVAR: Sulton Abdulrazzoq Ibrohim Almarzoqi (BAA)

Hakamlar nazoratchisi: Kadhum Auda Lazim Al Saedi (Iroq)

Komissar: Suvrat Suresh (Hindiston)

Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov

Mahalliy bosh koordinator: Jahongir Rahmatullaev

Gol: 0:1 – 17, Regi Lushkya (Danial Ismoilfar)

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 7.Adenis Shala (20.Yusuf Otubanjo, 86), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov (9.Javohir Sidiqov, 73), 17.Suhrob Nurulloev (19.Stefan Cholovich, 59), 18.Husayn Norchaev (55.Diyor Abdunazarov, 59), 24.Sardor Bahromov (22.Igor Golban, 86), 28.Shuhrat Muhammadiev, 34.Sherzod Nasrullaev, 92.Umar Eshmurodov

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 82.Asilbek No'monov, 5.G'olib G'aybullaev, 33.Bahodir Xalilov, 71.Javohir Ubaydullaev

"Traktor": 1.Alirizo Beyranvand, 3.Xalilzoda Shojai, 4.Aleksandar Sedlar, 7.Tibor Xalilovich (9.Mahdi Torabi, 84), 11.Danial Ismoilfar, 18.Sodiq Muharrami, 20.Mahdi Hoshimnijad, 21.Odil Hamrobekov, 25.Domagoj Drozdek, 31.Regi Lushkya (2.Mehdi Shiri, 68), 99.Amirhusayn Hussaynzoda

Zaxira: 30.Marko Yohansson, 49.Adib Zari, 5.Milad Kor, 17.Said Karimazar, 19.Tomislav Strikali, 22.Muhammad Nadiri, 27.Amirali Xorrami, 33.Farshad Faraji, 77.Mehrdad Muhammadi, 88.Masud Zoirkazimain

Ogohlantirish: Alibek Davronov (73)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

86. "Nasaf"da ikki o'zgarish.

85. Zarba! Hoshimnijad deyarli birga-bir vaziyatdan aniq zarba yo'llay olmadi.

84. "Traktor"da o'zgarish.

83. Cholovich tomonidan yo'llangan zarbani Beyranvand egalladi.

79. Zarba! Bahromovning pasidan so'ng raqib jarima maydonida turgan Nasrullaev o'ng oyoqda to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

73. "Nasaf"da o'zgarish.

71. Burchak uzatmasidan so'ng Shojai bosh bilan zarba yo'lladi. Ne'matov o'z o'rnida.

68. "Traktor"da o'zgarish.

67. Amirhusayn Husaynzoda jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

65. Bahromov yo'llagan zarba himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

63. Zarba! Muhiddinovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasini Beyranvand egalladi.

60. Xavfli vaziyat! Mehmonlar xatosidan so'ng boshlangan hujum natijasida Cheran raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi, ammo uning zarbasi darvoza chizig'i yonidan o'tib ketdi.

59. "Nasaf"da ikki o'zgarish.

51. Nurulloevning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

48. Drozdekning zarbasini Ne'matov qaytardi.

46. Hamrobekov Shalaga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Taym yakunlandi.

43. Shojai darvozabonga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, ammo Beyranvand uning xatosini qiyinchilik bilan to'g'riladi.

37. Zarba! Muhiddinovning kombinacion pasidan so'ng Cheran zarba yo'lladi, ammo Beyranvand hushyorlikni yo'qotmadi.

36. Mehmonlar jarima maydoni yaqinida Shala yiqitildi. Jarima zarbasi.

35. Drozdek raqib jarima maydonida bosh bilan zarba yo'lladi, Ne'matov to'pni egalladi.

33. Drozdek ofsaydda qoldi.

30. Xalilovichning burchakdan uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.

26. "Nasaf" yaxshi hujum tashkillashtirdi, biroq jarima markaziga uzatilgan pasga zarba yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

21. Hamrabekovning pasidan so'ng Tibor Xalilovichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan o'ng oyoq zarbasini “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne'matov qaytardi.

17. GOL! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Regi Lushkya to'xtatmasdan "Nasaf" darvozasining yuqori burchagiga joyladi. 16. Mehmonlarning o'ng qanotdan uzatmasini Ne'matov negadir o'tkazib yubordi, uning baxtiga raqib futbolchisi yo'q edi.

14. Hamrobekovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

12. “Traktor” o'ng qanotdan tezkor hujum tashkillashtirdi, Muhammadiev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

4. “Traktor” futbolchisi Tibor Xalilovichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan o'ng oyoq zarbasi himoyachilar tomonidan bloklandi.

2. Zarba! Muhiddinovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

1. O'yinni mezbonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Nasaf" qizil, "Traktor" sariq liboslarda o'ynaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia