

"O'yin og'ir o'tdi, chunki bu turnirning ilk o'yini. Har qanday jamoa bunday yirik musobaqadagi birinchi uchrashuvida qiynalishi tayin. Shungay qaramay g'alabaga erishdik. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bir yildan beri arab futbolidaligim uchun, raqibning o'yini haqida ma'lum bir darajada ma'lumotga ega edim. Keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib, muxlislarni xursand qilishda davom etamiz.
Gol o'tkazilgan vaziyat haqida gapiradigan bo'lsak, hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng raqib ko'proq vaziyat yaratishga muvaffaq bo'ldi.
Bu mening klubim, "Sharja"ning arenasi. Terma jamoa bilan bu yerda to'p tepganimdan juda xursand bo'ldim. Maydonga ko'nikish qiyinchilik tug'dirmadi. Klubimning barcha vakillari meni qo'llab turdi. Ularga ham rahmat aytaman" - deydi Shukurov.



