Oston O'runov va "Spartak" o'rtasidagi shartnoma imzolanishga yaqinmi?

Mirjalol Normatov
31 iyul 2020, 01:16
Futbol agenti Aleksandr Manyakov mijoziga "Spartak" stadioni yonidagi uy yoqqanligini yozib o'tdi.

Katta ehtimol bilan bu rasm Oston O'runovning Moskvadagi bo'lajak uyida olingan. Chunki Manyakov"Navbahor"ning o'yiniga tashrif buyurgan va u O'runov bilan hamkorlik qilayotgan bo'lishi mumkin. Shuningdek, Manyakov tvittyerda Oston O'runov haqidagi xabarlarni kuzatib boradi va "retvit" qilib turadi.

Biroq Oston hali ham qaysi agent bilan birga ishlayotganini ma'lum qilmadi.

Rus matbuoti ham O'runovning yaqin kunlarda shu klubga o'tishini bong urishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia