"Osmonda abadiy qolgan yulduzlar". "Paxtakor-79" haqidagi hujjatli film

Aslanov Jasurbek
11 avg 2019, 13:30
2019 yilning 11 avgust kuni "Paxtakor-79" fojiasiga 40 yil to'ldi.

"Paxtakor" futbol klubining yangi rahbariyati tashabbusi bilan "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan hujjatli film suratga olindi. "Osmonda abadiy qolgan yulduzlar" deb nomlangan ushbu filmda ko'pchilikka hali ma'lum bo'lmagan haqiqatlar mujassam. 


Bu film 1979 yil 11 avgust hodisalari asosida suratga olingan. Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi Minsk shahriga "Dinamo" bilan o'yinga uchgan va aviahalokatga uchragan. Filmda futbolchilar halokatdan bir necha soat oldin nimalarni his qilishgani ko'rsatib berilgan. 


Filmning original nomi: "Film o zvyozdax, kotorye navsegda ostanutsya v nebe". 


Ssenariy mualliflari:

Doniyor Shokirov

Farrux Rasulov

Davron Fayziev


Postanovkachi rejissyorlar:

Farrux Rasulov

Sardor Ahmedov


Postanovkachi operator:

Dilmurod Turdiboev


Dublyaj rejissyori:

Kamoliddin Rahimov


Rejissyor:

Muhiddin Boymirzaev 


Aviahalokat Toshkent vaqti bilan soat 13:35da sodir bo'lgani bois film namoyishi ham aynan shu daqiqadan boshlanadi. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia