

“Har bir futbolchi o'z oilasiga yordam berish uchun ko'proq pul topishni istaydi. Braziliyada bizda hech vaqo yo'q edi. Shu bois ham Xitoy klubi bilan shartnomaga imzo chekkandim. Ammo har doim Yevropaga qaytish imkoni menda bor. Qanday qaror qabul qilsam, bunga kimdir yaxshi, yana kimdir yomon munosabatda bo'ladi.
Bu erga kelgan har bir xorijlik futbolchi yuqori saviyada o'yin ko'rsatadi. Xitoy futbolida katta mablag' aylanmoqda. Shu bois bazida ularning taklifiga “yo'q” deb bo'lmaydi. Jamoadoshimiz Paulinoning “Barselona”ga o'tishi singari men va Xalkda ham doimo Yevropaga qaytishimizga imkon bor”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Guardian.



