Osiyo o'yinlari. Bugun futbolchilarimiz Tailand bilan o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2018, 09:20
Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha bahslari davom etmoqda.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarining ilk turida Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongandi. Ikkinchi turda esa Qatar 6:0 hisobida tor-mor etildi. Muddatdan avval guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoamiz bugun uchinchi tur doirasida Tailand terma jamoasi a'zolariga qarshi bahs yuritadilar.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Bagordagi "Pakansari" stadionida boshlanadi.

Osiyo o'yinlari. "B" guruhi
Jakarta. Bagor. "Pakansari" stadioni. 17:00
Tailand - O'zbekiston


Guruhdagi ikkinchi o'yin esa Bangladesh va Qatar terma jamoalari o'rtasida kechadi.


#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

O'zbekiston

2

2

0

0

9:0

6

2

Tailand

2

0

2

0

2:2

2

3

Bangladesh

2

0

1

1

1:4

1

4

Qatar

2

0

1

1

1:7

1



 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia