Osiyo o'yinlari-2018. Futbolchilarimiz guruh bosqichida qaysi raqiblarga qarshi o'ynashlari ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
5 iyul 2018, 13:42
Xabaringiz bor, 18 avgust - 2 sentyabr kunlari Indoneziyada navbatdagi Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa davomida futbol bo'yicha bahslar alohida qiziqishga sabab bo'lishi shubhasiz. Musobaqada O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi o'zining asosiy tarkibi bilan ishtirok etadi.

Bugun futbolchilarimiz guruh bosqichida qaysi terma jamoalarga qarshi to'qnash kelishlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, vakillarimiz "B" guruhida Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.

Eslatib o'tamiz, futbol bahslarida 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz