Osiyo o'yinlarida guruhdan chiqsak kimga qarshi o'ynaymiz?

Narzulla Saydullayev
21 avg 2014, 16:00
Incheondagi Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasiga qur'a tashlangani haqida xabar berdik.
O'zbekiston "B" guruhida Gonkong, Bangladesh va Afg'onistonga qarshi kurash olib boradi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari guruhdan keyingi bosqichga chiqa olishsa "A" kvarteti vakillari bilan to'qnash kelishadi. Ushbu guruhda musobaqa mezboni Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Malayziya va Laos kabi jamoalar bor.

"A" guruhida birinchi bo'lgan jamoa "B" guruhidagi ikkinchi o'rin sohibi bilan o'ynaydi. O'z navbatida "B" kvartetida g'olib chiqqan jamoa "A" guruhining ikkinchi jamoasi bilan kurash olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo o'yinlari 14 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia