

"Keksa sinora" Iroq terma jamoasi hujumchisi Mohanad Alini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra. "Yuventus" Mohanad Alining transfer huquqlariga egalik qiluvchi "Al-Shorta" klubiga futbolchi uchun 900 ming evro taklif qilgan. Hujumchi bungacha "Galatasaroy", "Benfika", AEK, "Slaviya" (Praga), "Al-Ayn" va "Genk" klublarining 600-800 ming evro atrofidagi takliflarini rad etdi.
18 yoshli futbolchi Osiyo Kubogida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mohanad Ali hozirgacha Iroq terma jamoasi safida 15ta uchrashuv o'tkazib, raqib darvozasini 8 marta ishg'ol qildi.
Oldinroq, Osiyo Kubogining boshqa yulduzi Sardor Azmun "Zenit"ga o'tishi mumkinligi, unga egalik qiluvchi "Rubin" 10 mln. evrolik taklif olgani e'lon qilingan edi.



