Osiyo Kubogi. Xitoy murabbiyi: "Avstraliya - juda kuchli jamoa"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2015, 09:00
Kecha Osiyo Kubogining chorak final doirasida Avstraliya - Xitoy uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bu o'yinda xitoyliklar 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. O'yindan keyin Xitoy termasi ustozi Alan Perrinning fikrlari quyidagicha bo'ldi:

"Bunday o'yinlarda bitta xato ham qimmatga tushishi mumkin. Tim Keyxill birinchi golini urishdan oldin bitta o'yinchimiz maydonga yiqilib tushdi, bu esa qimmatga tushdi. Avstraliya hisobni ochgach, ular bemalol harakat qilishdi. Ikkinchi gol urilganidan so'ng hammasi hal bo'ldi".

"Endi bor e'tiborni jahon chempionati saralash bosqichiga qaratamiz. Osiyo chempionati tugadi, men ham, futbolchilar ham bundan juda xafa. Guruhda uchta o'yinning hammasida g'alaba qozondik, lekin chorak finaldan o'ta olmadik. Tan olish kerak, Avstraliya juda kuchli jamoa".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia