Osiyo Kubogi-2015. Terma jamoaning ikkinchi kun tayyorgarligi

Nadirkhuja Yuldashev
1 mar 2014, 18:30
Kun sayin safi to'lib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashug'lotlari "JAR" stadionining asosiy maydonida bo'lib o'tdi.
Tonggi reys bilan Toshkentga uchib kelgan "Paxtakor" jamoasining 4 nafar a'zolari, Davron Xoshimov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev va terma jamoamiz sardori Server Jeparov mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov va Odil Ahmedov ertadan boshlab MTJ ixtiyorida bo'ladilar.

Tursunov, Jeparov, To'xtaxo'jaev, Haydarov, Shodiev, Nagaev, Hasanov, Xoshimov qizillar guruhida shug'ullandilar. Ko'klar guruhida Musaev, Iskanderov, Sergeev, Jo'raev, Rashidov, Kozak, Shorahmedov hamda Mullajonov ishtirok etdilar.



Odatdagidek, darvozabonlar bilan Pyotr Gizimchuk ishladi. Nesterov ikkini planda shug'ullandi. Katta ehtimol bilan asosiy tarkibda Eldor Suyunov maydonga tushadi. Qizillar tarkibiga esa Ahmedov, Denisov va Ismoilovlarni qo'shgan holda, Nagaevni zaxirada qoldirishimiz mumkin.
 

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia