Osiyo futboliga oid eng sara suratlar

Xayrulla Xoliqov
10 may 2020
OFK sayti turli musobaqalar paytida olingan eng yaxshi suratlarni taqdim etdi.

JCH-2018da eronlik posbon Alirizo Beyranvand Krishtianu Ronalduning penaltisini qaytargandi



2011 yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan yaponiyalik qizlar quvonchi



2016 yil o'tkazilgan ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan KXDR terma jamoasi a'zolari



1994 yilgi jahon chempionatida Belgiya darvozasiga to'p kiritgan saudiyalik Sayid Al Ovayranning xursandchiligi



JCH-2018da Germaniya darvozasiga to'p kiritgan Son Xyong Min o'z golini mana shunday nishonlagandi



1999 yilgi jahon chempionati yarim finalida Norvegiyani mag'lub etgan xitoylik qizlar quvonchi



"Al Ayn" futbolchisi Omar Abdulrahmon 2018 yil klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real" yetakchisi Modrichdan o'zib kyetishga harakat qilmoqda



2016 yil ayollar o'rtasidagi U-17 jahon chempionatida KXDR qizlar terma jamoasi Yaponiyani mag'lub etib bosh sovrinni qo'lga kiritgandi



JCH-2002da koreyaliklar sardori Xong Myung Bo Iker Kasilyas darvozasiga gol urib o'z jamoasini yarim finalga olib chiqqan vaziyat



2018 yil ayollar o'rtasidagi U-20 jahon chempionatida g'olib chiqqan Yaponiya terma jamoasi


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com