Osiyo futboli. Bahrayn terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Xayrulla Xoliqov
14 mar 2019, 15:39
Portugaliyalik Xelio Souza Bahrayn terma jamoasini boshqaradi.

Ushbu murabbiy bungacha terma jamoaga ustozlik qilgan Miroslav Soukup o'rnini egalladi. Bu xabarni Bahrayn futbol assotsiatsiyasi ham tasdiqladi. Assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Ali bin Xalifa shunday dedi: "Biz portugaliyalik murabbiy bilan uchrashdik va Xelio Souzaning terma jamoada ishlashi borasida kelishuvga erishdik". 

50 yoshli Souza bungacha Portugaliya U-19 terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan yil U-19 Yevropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bu murabbiy bilan shuningdek Portugaliya U-17 jamoasi ham 2016 yil U-17 Yevropa chempionatida zafar quchgan. Endilikda ushbu mutaxassis Bayhar termasiga ustozlik qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com