Osiyo futboli. Bahrayn iyul oyida 7ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
29 may 2019, 15:50
Bahrayn futbol federatsiyasi JCH-2022 saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, milliy terma jamoa iyul oyida ettita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilgan. Bahrayn termasi yangi bosh murabbiy Elio Souza qo'l ostida 8-27 iyul kunlari Portugaliyada yig'in tashkil etadi. Ayni paytda ushbu murabbiy Polshada bo'lib o'tayotgan U-20 jahon chempionatida Portugaliya termasini boshqarmoqda. 

Musobaqa yakuniga etganidan keyin, aniqrog'i 25 iyun kuni murabbiy Bahrayn termasini qabul qilib oladi. Iyun oyida bahraynliklar Souzaning yordamchilari bilan Riffada mashg'ulot o'tkazib turishadi. Ettita o'rtoqlik uchrashuvi kimlarga qarshi bo'lib o'tishi haqida esa futbol federatsiya keyinroq ma'lumot berishini bayon etdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com