Osiyo chempionlar ligasi. Bugun bo'lib o'tadigan o'yinlar

Xayrulla Xoliqov
20 may 2019, 14:19
Bugun Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichining oxirgi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Kun tartibidan to'rtta uchrashuv o'rin olgan. "C" va "D" guruhlarida jamoalar oxirgi tur bahsini o'tkazishadi. "C" guruhida BAAning "Al Ayn" klubi Eronning "Istiqlol" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu o'yin ikkala jamoa uchun ham u qadar muhim emas. Shunga qaramay jamoalar koefficient yig'ish maqsadida kurash olib boradi. 

Yana bir o'yin Dohada "Al Duhayl" va "Al Hilol" o'rtasida kechadi. Bugun "Al Duhayl" g'alaba qozonsa ham guruh peshqadami bo'la olmaydi. Chunki "Al Hilol" allaqachon 12 ochko jamg'arib qo'ygan. 

"C"guruhi. 6-tur. 20 may

23:00. "Al Ayn" - "Istiqlol"

23:00. "Al Duhayl" - "Al Hilol"

 

Tabiiyki o'zbek futboli ishqibozlarining nigohi Jidda shahridagi bahsga qaratiladi. Chunki bunda "Paxtakor" safarda "Al Ahli" mehmoni bo'ladi. Bugungi o'yinda "Paxtakor"ni durang ham qoniqtiradi, lekin baribir Arveladze shogirdlari g'olib chiqish uchun harakat qilsa kerak. 

Keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilgan "Al Sadd" Tehrondagi "Ozodi" stadionida "Persepolis" mehmoni bo'ladi. OCHL o'tgan yilgi finalchisi "Persepolis" bu yil guruhdan chiqa olmadi. Shuning uchun jamoa oxirgi turni faqat rasmiyatchilik uchun o'tkazadi. 

"D" guruhi. 6-tur. 20 may

21:30. "Persepolis" - "Al Sadd"

00:00. "Al Ahli" - "Paxtakor" 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia