Osiyo chempionatiga (U-19) 24 aprel kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2014, 08:39
Xabaringiz bor, o'tgan dam olish kunlari kuzda Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga (U-16) qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Temur Olimxo'jaev boshchilik qilayotgan o'smirlarimizning guruh bosqichidagi raqiblari ma'lum bo'lgandi.

9-23 oktyabr kunlari Myanma davlati mezbonlik qiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga (U-19) 24 aprel kuni qur'a tashlanadi.

Ushbu chempionatda ishtirok etuvchi 16 jamoaning nomi aniq bo'lib ulgurgan. Ular orasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham bor. Sergey Lushan boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi aprel oyi so'nggida o'z raqiblari nomini bilib oladi.

Osiyo chempinatida (U-19) qatnashadigan jamoalar: Myanma, Indoneziya, Eron, Iroq, Yaponiya, Ummon, KXDR, Qatar, BAA, Vetnam, Xitoy, Avstraliya, Janubiy Koreya, O'zbekiston, Tailand, Yaman.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2012 yil BAAda bo'lib o'tgan (U-19) Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib borgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia