Osiyo chempionatiga 12 kun qoldi, olimpiya terma jamoamiz hozirlikni davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
27 dek 2019, 13:05
Bilasiz, 8 yanvar kuni Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi start oladi.

Mazkur musobaqada medallarga ega chiqadigan terma jamoa yozda Tokio-2020 olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz yuritimiz shanini himoya qiladi.

Hozirda olimpiyachilarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilyati. Dastlab to'p bilan muomala mashqlari bajarilayotgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yo'naltirilgan mashqlar jamlanmalari bajarilyapti.

Quyida terma jamoamizning navbatdagi mashg'ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz