Osiyo chempionati (U-22). O'zbekiston - Iroq uchrashuvi hakamlari ma'lum

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2014, 21:57
O'zbekiston va Iroq o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradigan hakamlari nomi e'lon qilindi.
OFK ushbu uchrashuvga malayziyalik Mohd Amirul Izvan Bin Yoqubni bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Ushbu referi musobaqaning 1-turidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Iordaniya o'rtasidagi o'yinda ishlagandi.

O'ZBEKISTON U-22 - IroQ U-22
2014 yil 14 yanvar. 18:00. Sib. "Seeb Sport Complex"
Bosh hakam: Mohd Amirul Izvan Bin Yoqub (Malayziya)
Qanot hakamlari: Mohd Yusri Bin Muhammad (Malayziya), Karakami Satoshi (Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
Nazoratchi: Cheng Yim Yaau (Gonkong)
Komissar: Mazin Ramazon (Eron)
Bosh koordinator: Pavel Luzanov (Qirg'iziston)

O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi o'yin 14 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da "Seeb Sport Complex" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia