"Jamoamizda muhit a'lo darajada va yigitlar faqat g'alabalarni maqsad qilmoqda. Men ham jamoamiz g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Tayyorgarlik mavsumlar o'rtasida yaxshi olib borildi lekin o'yin amaliyoti kamdek ko'rinmoqda" - deya o'z fikrlarini bildirib o'tadi Sardor Mirzaev.
- Siz ushbu terma jamoaning Nepalda ham bo'lib o'tgan saralashidagi ishtirok etgansiz. Bu ikki jamoani farqini nimada ko'rdingiz?
- Albatta Nepalda qiyinchilik bilan chempionatga chiqishni uddalagan edik. Bu jamoa esa butunlay boshqacha va avvalgi jamoadan saviya jihatidan o'sgan. Tarkibga qaraydigan bo'lsak MTJ a'zolari va yoshlar o'rtasidagi jaxon chempionatida allaqachon shakllangan jamoa bor.
- Endi ushbu jamoadan qanday natijani kutsak bo'ladi?
- Shaxsan men kamida yarim finalda o'ynasak kerak deb o'ylayapman. Maqsad ham shunday. Buning uchun bizda imkoniyat yaxshi. Kerakli natijaga erishish uchun hamma birdek harakat qiladi. Murabbiylar shu ruhda tayyorlamoqda.
Humoyun Davurov suhbatlashdi.