Osimxen "Napoli" bilan yangi shartnoma tuzadi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyul 2023, 11:58
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen klub bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Shunga qaramay, tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish niyatidalar.

Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshadi, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yangi bitimda Viktorning tovon pulini 200 mln evro qilib belgilashni istagan, biroq raqamlar o'zgaradi. Yaqin kunlarda shartnoma shartlari to'liq hal qilinadi va rasmiy ma'lumot e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Gianlucadimarzio.com