Ayni vaqtda Qarshi shahridagi futbol maktablari va "Nasaf" futbol maktabida ham shunday yosh yigitlar tahsil olishmoqda. Ulardan ota-onalari va yaqinlarining umidlari katta.
Biz ushbu kichik maqolamizda "Nasaf" o'rinbosarlar jamoasi faoliyatiga, to'g'rirog'i jamoa murabbiyi - Bahodir Annamatovning olib borayotgan ishlariga bir nazar soldik.
Bunga sabab, Bahodir Annamatov ushbu o'rinbosarlar jamoasini Ro'ziqul Berdievdan qabul qilib olgach, jamoa o'yinida mazmun yo'qoldi. "Nasaf" futbol klubi rahbarlari keyingi paytlarda o'z mutaxasislari oldiga ko'pincha klub futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga e'tibor qaratib, kelgusida asosiy jamoaga o'yinchilar yetishtirib berishda katta e'tibor qaratishlarini talab qilayotganidan xabarimiz bor. Ammo bu vazifani hamma mutaxasisilar ko'ngildagidek uddalashayaptimi? Bizningcha yo'q.
Bahodir Annamatovning "Nasaf" futbol klubi yutuqlariga qo'shgan hissalarini chuqur hurmat qilamiz. Ammo bu sobiq futbolchining hozirgi paytda murabbiy sifatida qilayotgan ishlaridan ko'ngil xira tortadi. Bazan o'ylab qolasan kishi, bu ketishda ertaga nima bo'ladi? "Nasaf" qayerdan o'yinchi oladi?
Bahodir Annamatovning jamoaga o'yinchilar jalb etishda o'zaro tanish-bilishchilikka va mahalliychilikka yo'l quyayotgani ma'lum bo'lib qoldi. Jamoa o'yinchilari orasida ham ruhiy va tarbiyaviy ahvol achinarli holga tushib bormoqda. Bu holat jamoadagi yosh futbolchilar o'rtasida ham "ichki noroziliklar"ga sabab bo'lmoqda. O'rinbosarlar o'yinidan esa muxlislar zavq olish o'rniga, hafsalasi pir bo'lmoqda.
Bu ahvolga klub mutassadlarining "panja orasidan" qarab klayotgani esa biz muxlislarni yana hayron qoldiradi. Qani so'z bilan ish birligi? Surxon vohasidan yetishib chiqqan futbolchilarning mamlakatimiz futbolining rivojiga qo'shgan ulushi beqiyosdir. Endi murabbiy surxonlik bo'lsa, jamoadagi o'yinchilar ham o'sha erlik bo'lishi degani emasku. Mayli jamoada 100 foiz shunday o'yinchilar bo'lsin, ammo jamoaning o'yini qani? Qaysi yutug'i bilan maqtana oladi? Iqtidori yo'q o'yinchilarni jamoaga jalb etishdan kim manfaat ko'radi? Balki Bahodr Annamatovning manfaati jamoa va futbolchilarning kelajagidan ustundir?
Bevosita taqqoslaydigan bo'lsak, 2010-2012- yillar oralig'ida jamoaning asosiy tarkibiga 10 tacha futbolchi o'rinbosarlar orasidan jalb qilingan edi hozir esa faqatgina Doniyorbek Narzullaevni Ro'ziqul Berdiev Annamatovning zahira "qamoqxonasi"dan qutqarib oldi, xolos. Aks holda u ham “ko'rinmas odam” bo'lib ketar edi. Umid qilamizki, u ishonchni oqlay oladi. Annamatov esa...
Muxlislar halol va chiroyli futbol ko'rishni xohlashadi. Bunday o'yinni esa "Nasaf"dan kutishga haqlari bor. Chunki “ajdarlar” buni ko'p bor uddalashgan. "Nasaf"ning shuncha yillik yutuqlari, Ro'ziqul Berdievning yosh o'yinchilar bilan erishayotgan ulkan natijalaridan ko'nglimiz to'q. Ammo klub manfaati oldida uquvsiz, nafsi katta murabbiyning manfaati yuqori turishiga aslo chidab bo'lmaydi. Doimo "Nasaf"da muxlislarning talabi va ishonchi hamma narsadan ham ustun qo'yilgan va shunday bo'lib qoladi ham. Bizda kelajagi porloq yosh futbolchilar ko'p, lekin ularni yaxshilab tarbiyalash o'rniga "sindirilishi"ga aslo toqat qilib bo'lmaydi.
Anchadan buyon "Nasaf"ga ko'plab yoshlar jamoa ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tib asosy jamoaga qo'shilishayapti, lekin bu safar negadir ko'rikka kelgan futbolchilar qaytarib yuborilapti. Rahbariyat esa bunga e'tibor bermayapti. To'g'rirog'i, klub sport direktorining bu holat e'tiboridan chetda qolmoqda.
Fikrimizcha, bu ahvolga jiddiy e'tibor berilmasa, o'rinbosarlardan bu yilgi mavsumda biror yaxshi natija kutish mushkul. Umid qilamizki, ushbu fikrimiz e'tiborga olinadi va o'rinbosarlar murabbiyi to'g'risida to'g'ri xulosa chiqariladi. Ushbu maqola orqali klub rahbarlariga biron bir bosim o'tkazish niyatidan yiroqmiz. Ammo muxlislarni aldab bo'lmaydi, futbolni panada o'ynab ham bo'lmaydi. Biz muxlislar esa o'zimizning sevimli "Nasaf" jamoamizni har yutug'i va kamchiligiga hech qachon bee'tibor bo'la olmaymiz, chunki "Nasaf" - bizning bizning jamoa!
Muxlislarning va yosh futbolchilarimizning orzulari sarobga aylanmasin, deymiz.
Azamat Umarov.