O'rtoqlik uchrashuvi. Tojikiston (U-16) - O'zbekiston (U-16) - 4:0

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2019, 20:20
Bugun Xo'jand shahrida Tojikiston va O'zbekiston o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

23 iyun kuni ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston (U-16) – O'zbekiston (U-16) – 4:0
Gollar:
Sunatullo Azizov, 31 (1:0). Abdulfatoxi Xudoydodzoda, 39 (2:0). Faxriddin Axtamov, 67 (3:0). Kabir Salimshoev, 81 (4:0).
Ogohlantirishlar: Asadbek Sodiqov (Tojikiston), Bobur Mo'ydinov, Abduqodir Xusanov (O'zbekiston).
Bosh hakam: Xurshed Dadoboev (Xo'jand).
Komissar: Jovidon Xasanov (Dushanbe).
21 iyun. Xo'jand. Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi stadioni. 550 tomoshabin.


Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia