

“Jassim Bin Hamad” stadionida kechgan bellashuvni tomosha qilgan muxlislar zerikib qolishmadi. Uchrashuvning har ikkala bo'limida ikkitadan gol kiritgan qitadoshlarimiz uchrashuvda 4:3 hisobida g'alabaga erishishdi.
Mezbonlar safida Akram Afif, Hasan Al Xaidos, Almoez Abdulla (2 marta) muvafaqiyat qozongan bo'lsa, janubiy amerikaliklar tarkibida Enner Valensiya ( 2 marta) va Xose Enrikez mezbonlar darvozasini ishg'ol etdi.




