O'rtoqlik o'yinlari. Kolumbiya Kosta-Rikani taslim qildi, AQSH Peruni yuta olmadi

17 okt 2018, 07:20
Yana ikki o'rtoqlik o'yini nihoyasiga etdi.

Kolumbiya termasi Kosta-Rikani qabul qilib, 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Mezbonlar safida Kamilo Ernandez dublga erishdi.

O'rtoqlik o'yinlari

Kolumbiya-Kosta-Rika 3:1

Gollar: 1:0-30 Karlos Bakka, 1:1-44 Kendall Uoston, 2:1-72 Kamilo Ernandez, 3:1-90 Kamilo Ernandez

AQSH terma jamoasi esa Peruga qarshi maydonga tushib, g'alabani saqlab qola olmadi. 1:0 hisobida oldinda borgan AQSH 86-daqiqada gol o'tkazib yuborib durangga rozi bo'ldi.

AQSH-Peru 1:1

Gollar: 1:0-49 Josh Sargent, 1:1-86 Edison Flores.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia