Origi italyan klubi bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
15 apr 2022, 13:57
"Liverpul" forvardi Divok Origi mavsum so'nggida tekinga "Milan"ga o'tadi.

26 yoshli belgiyalik futbolchi "rossoneri" bilan yiliga 3,5 mln evro maoshlik 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Origi uch taklifni rad etdi - "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Bayer"dan.

Hujumchi joriy mavsum APL doirasida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira